Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasidan qoidalarni buzgan holda o‘tmoqchi bo‘lgan “Gazel” ag‘darildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, yo‘lovchi poyezd yo‘nalishini kechikib davom ettirgan.
Dushanba kuni tongda Andijon tumanida haydovchisi uxlab qolgan yuk mashina temiryo‘l ko‘prigiga borib urildi. Oqibatda ko‘prik va mashinaga zarar yetdi.
Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Oqibatda yo‘lovchi vafot etdi, haydovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Tarmoqlarda hodisa poyga sabab yuz bergani aytilmoqda.
Shanba tongida Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu salkam bir soat davomida avtotransportlar harakati to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagani xabar qilindi.
Uzun tumanidagi Bobotog‘ massivida yuk mashinasi jarlikka qulab, haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Holatga uning harakatlanish uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan yurgani va boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgan.
Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketdi. Mashina FVBning yong‘in qutqaruv otiryadi yordamida chiqarib olindi.
Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.
Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.
Tuproqqal’a tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in deyarli 3 soat davom etgan. Uning oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Xorazm viloyati FVB xabarida.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida Lada bilan to‘qnashgan yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yengil avtomobil haydovchisi shifoxonaga olib ketildi.
Mirobod tumanida yuk mashinasi, avtobus va Nexia-3 avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avtohalokatga yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlik tufayli haydovchi transportni to‘xtata olmagani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jaroxat olganlar yo‘q.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilish chiqindilarini ortib ketayotgan yuk mashinasi yangi qurilgan ko‘prikning chetiga ag‘darildi. Haydovchi qo‘lidan jarohat oldi. Hozirda ushbu yo‘lning bir qismi ta’mirlash uchun yopilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting